APL debyutanti "Liverpul" futbolchisi uchun 13 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Londonning "Fulxem" klubi o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan Neko Uilyams uchun "Liverpul"ga 13 million evro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Nil Jons xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Uilyamsga "Nottingem Forest" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Fulxem" uelslik futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Bosh murabbiy Marko Silva kelasi mavsumda Uilyamsni jamoasida ko'rmoqchi.
Uilyams “Liverpul” safida Angliya Premer-ligasida 10 dan ortiq o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Mersisayd klubi futbolchiga o'yin vaqtini kafolatlay olmasligini tushunadi, shuning uchun rahbariyat uning ketishiga ruxsat beradi.

Bosh sahifaga
528