"Tottenxem" futbolchisiga Frantsiya chempionatidan qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Frantsiyaning “Marsel” klubi Londonning “Tottenxem” klubini yosh yarim himoyachisi Brayan Xilni ijaraga olmoqchi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, bu kelishuvga "Marsel" ustozi Xorxe Sampaoli qiziqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xil o'tgan yozda Ispaniyaning "Sevilya" jamaosidan "Tottenxem"ga o'tgan edi. Olti oy o'tgach, futbolchi raqobatga chiday olmadi va La Ligaga qaytdi hamda u erda mavsumning qolgan qismini "Valensiya"da o'tkazdi.
“Marsel” o'tgan mavsumda Frantsiya chempionatini ikkinchi o'rinda yakunladi. Endilikda jamoa yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish va Chempionlar ligasida o'ynash uchun yangi futbolchilarni faol ravishda izlamoqda.

Bosh sahifaga
235