"Shtutgart" hujumchisiga Evropaning oltita klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Germaniyaning "Shtutgart" klubi hujumchisi Sasha Kalayjichga Germaniya va Angliyaning oltita klubi qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli avstriyalik futbolchi "Bavariya", "Borussiya Dortmund", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem" va "Lester" kabi klublarning transfer maqsadi hisoblanadi.
O'tgan mavsumda hujumchi 15 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kalayjichning transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
364