Frantsiya klubi "Barselona"ning ikki nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Frantsiyaning "Marsel" klubi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli tarkibni "Barselona"ning ikki nafar futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi.
Argentinalik mutaxassis "Barselona"ning markaziy himoyachi Kleman Lengle va hujumchi Martin Breytveytlarga qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" frantsiyalik futbolchini 15 million evroga sotishga, daniyalikni esa tekinga qo'yib yuborishga tayyor.
O'tgan mavsumda Lengle 27 o'yinda 1 golga assistentlik qilgan.
Breytveyt esa 4 o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.