"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisining transferidan 10 foiz ulush oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Huquqiy jihatdan Germaniyaning "Leyptsig" klubiga tegishli bo'lgan Ilayks Moribaning ehtimoliy transferidan "Barselona" klubi 10 foiz ulush oladi.
Football Espana nashri xabariga ko'ra, 19 yoshli gvineyalik futbolchi yozda "Leyptsigdan" Amsterdamning "Ayaks" jamoasiga o'tishi mumkin. Agar transfer amalga oshsa, Kataloniya klubi o'z tarbiyalanuvchisi uchun umumiy summaning 10 foizini oladi. Eslatib o'tamiz, Moriba o'tgan yozda 16 million evro evaziga "Barselona"dan "Leypsig"ga o'tgan edi.
Ilayks Moriba o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Valensiya"da ijara asosida o'tkazdi. Ispaniya chempionatida gvineyalik futbolchi 14 ta uchrashuv o'tkazdi, ammo gol va golli uzatmani amalga oshira olmadi.