"Vest Xem" klubi yaqin soatlar ichida yangi transferni rasman e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Londonning "Vest Xem" klubi Frantsiyaning "Renn" jamoasi himoyachisi Naif Ager bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qilish arafasida turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tgan va "bolg'achilar" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Qayd etilishicha, "Renn" o'z futbolchisi uchun 35 million evro + bonuslar oladi. Agerga qishda ham "Vest Xem" qiziqish bildirgandi, biroq keyinchalik transfer amalga oshimagandi, chunki "Renn" marokashlik futbolchini mavsum o'rtasida qo'yib yuborishni istamagandi.
So'nggi mavsumda Ager Frantsiya chempionatida "Renn" safida ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli marokashlik futbolchi avvalroq “Dijon” jamoasida ham o'ynagan.