Rasman. «Barselona» yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

«Barselona» klubi «Rasing» yarim himoyachisi Pablo Torre bilan shartnoma imzoladi. Kataloniyaliklar 18 yoshli futbolchi uchun 5 million evro to'lashdi va u bilan 4 yillik shartnoma imzolashdi. Pabloning shartnomadagi tovon puli 100 million evro etib belgilandi.
Iqtidorli futbolchi «Barselona B» a'zosi sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi. Shu qaramay, u kelasi mavsumda Xavi boshchiligidagi jamoaga jalb etiladi.
Torre o'tgan mavsumda "Rasing" safida quyi ligada 10 gol va 11 assist muallifiga aylandi va jamoasining Segunda ligaga chiqishiga yordam berdi.

Bosh sahifaga
224