«Bavariya» Sadio Mane uchun «Liverpul»ga uchinchi taklifni tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72
«Bavariya» «Liverpul» bilan Sadio Mane transferi bo'yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
Bild’ning yozishicha, myunxenliklar 35+5 million evro ko'rinishidagi uchinchi taklifni tayyorlamoqda.
Iyun oyi boshida «Liverpul» Sadioni 21+4 million evroga sotishga rozi bo'lmagandi. Shundan so'ng myunxenliklar ketma-ket uchta «Oltin to'p» va Chempionlar Ligasidagi uchta g'alaba uchun bonuslarni hisobga olgan holda 35 million evrolik taklif yuborgan. Ammo u ham rad etilgan.
Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi vinger uchun 50 million evro olmoqchi bo'lgan, biroq keyinchalik bu talab 45 million evrogacha qisqargan.
Avvalroq Sadio Mane yozda «Liverpul»ni tark etishi ma'lum qilingandi. Mersisayd klubi senegallik futbolchi o'rniga «Chelsi»dan Kristian Pulishichni olib kelmoqchiligi xabar qilingan.
30 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.