So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Osimxenning shubhali transferi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98
Aftidan, «Lill» hujumchi Viktor Osimxenni 71 mln. evaziga «Napoli»ga sotayotganda firib ishlatgan ko'rinadi.
Sud vakillari va iqtisodiy politsiya klub ofisi va bazasida tintuv o'tkazishdi.
*** Prokuratura nigeriyalik forvardning narxi oshirilgani, bu esa «Lill» uchun nomaqbul moliyaviy oqibatlarni» keltirib chiqarganini ta'kidladi.
*** Tintuv jarayonida klub aktivlaridan «maqsadsiz foydalanilishi» bo'yicha shubhali hujjatlar aniqlangan. «Aktivlardan maqsadsiz foydalanilishi bilan bog'liq dastlabki ochiq tekshiruvlar doirasida seshanba kuni klub ofisida olib borilgan tintuvlar jarayonida aniqlangan hujjatlarni o'rganish asnosida surishtiruv ishlari davom ettiriladi», - deyiladi bayonotda.
*** L~Equipe ma'lumotiga ko'ra, «Lill» Osimxen uchun belgilangan 71 million evrodan faqat 36 millionini qo'lga kiritgan. O'z navbatida, Frantsiya klubi futbolchi sotilgan pallada yana to'rt futbolchi - Orestis Karnezis hamda «Napoli» yoshlar jamoasining uch a'zosi: Klaudio Mantsi, Chiro Palmeri va Luiji Liguori uchun 20 million sarflagan. Ushbu uchovlon o'sha payt Italiyaning uchinchi divizionidan yuqorida to'p surishmagan - «Lill»da ham birorta o'yinda maydonga tushishmagan. 35 yoshli Karnezis zaxiraga «mixlandi» va kubok bahslarida atigi bitta o'yin o'tkazgan (lekin u hozircha «Lill» tarkibida qolyapti).
*** To'g'ri, «Lill»ning hozirgi rahbariyati kelishuvda firib ishlatilishi bilan bog'liq ayblovlarni inkor etmoqda. «Klub avvalgi rahbariyat tomonidan imzolangan bir nechta shartnomalar jabrdiydasiga aylandi», - deyiladi klub bayonotida.
«Lill» bo'lib o'tgan voqealar aybdori sifatida talqin qilinayotgan, hozircha nomi oshkor etilmayotgan shaxs bo'yicha shikoyat yo'llagan. Katta ehtimol, gap klubning sobiq xo'jayini Jerar Lopes haqida bormoqda. Ushbu funktsioner Osimxenning transferi amalga oshishi hamono klubdan qutulib, «Bordo»ga o'tib ketgan (to'g'ri, u erda ishlari yurishmadi - klub elitani tark etdi).
A.AHMEDOV tayyorladi
Manba: «Interfutbol» gazetasi