"Yuventus" "Manchester Siti" futbolchisini xarid qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Emerik Laportga qiziqish bildirmoqda. Sport Witness nashri xabariga ko'ra, "keksa sinora" mavsumlar oralig'ida futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'rmoqchi.
Shuningdek, Laport "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun keraksiz futbolchi emasligi qayd etilgan. Agar klub unga munosib o'rinbosar qo'lga kiritsa, ular ispaniyalik himoyachi bilan xayrlashishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Laport "Manchester Siti"ga 2018 yilning yozida Bilbaoning "Atletik" klubidan o'tgan edi. O'shandan beri himoyachi "shaharliklar" bilan to'rtta Premer-liga chempionligini qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
118