"Chelsi" Lukaku borasidagi shartlarini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Chelsi" hujumchi Romelu Lukakuni "Inter"ga qaytarish shartlarini e'lon qildi. Italiyaning Repubblica nashri xabariga ko'ra, "ko'klar" Lukakuni keyinchalik 70 millionga majburiy sotib olish sharti bilan 20 million evro evaziga ijaraga berishga tayyor.
Oldinroq Fabritsio Romano Lukaku vakili bugun "Inter" rahbariyati bilan uchrashib, futbolchining "Juzeppe Meatstsa"ga qaytishi mumkinligini muhokama qilishini aytgandi. "Neradzurrilar" ushbu mavsumda kelishuvga erisha olishlariga ishonchlari komil.
Lukaku so'nggi mavsumda "Chelsi" safida APLda 8 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
120