Perishich tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Inter" vingeri Ivan Perishich "Tottenxem" bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Londonga keldi.
33 yoshli Perishich joriy mavsumda “Inter” safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi. Perishichning shartnomasi o'z nihoyasiga etmoqda va “Tottenxem” xorvatiyalik futbolchini o'z safiga tekinga qo'shib oladi.
"Tottenxem"da Perishich "Inter" bilan 2020/21 yilgi mavsumda A Seriya chempionligini qo'lga kiritgan bosh murabbiy Antonio Konte bilan uchrashadi.
Sky Sports nashrining yozishicha, xorvatiyalik futbolchi ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
196