"Barselona" bu futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun Pyanichni qurbon qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Napoli"ning senegallik himoyachi Kalidu Kulibalini o'z safiga qo'shib olishni kutmoqda.
Sport.es xabariga ko'ra, neapolliklar allaqachon futbolchini baholab bo'lgan va "ko'k-anorranglilar" o'z talablarini ilgari surgan. Italiyaliklar 30 yoshli futbolchini sotishdan 35 million evro ishlab olish niyatida.
O'z navbatida, kataloniyaliklar bunday xarajatlarga tayyor emas va unga yarim himoyachi Miralem Pyanichni qo'shib, shartnoma narxini pasaytirmoqchi. O'tgan mavsumda bosniyalik futbolchi Istanbulning "Beshiktosh" klubida ijara asosida o'ynagan.
Kulibalining "Napoli" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
221