"Aston Villa" yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi, faqatgina rasmiyatchiliklar qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Aston Villa" "Sevilya" himoyachisi Diego Karlosni sotib olishga rozi bo'ldi.
Yaqin orada 29 yoshli braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va shaxsiy shartnoma shartlarini yakunlash maqsadida Angliyaga keladi.
Sky Sports xabariga ko'ra, bu transfer Premer-liga klubiga 26 million funt (30,5 million evro) tushgan.
Shuningdek, "Aston Villa" "Byornli" bilan shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan himoyachi Jeyms Tarkovski bilan muzokaralar olib borayotgani qayd etilgan.
Karlos La Ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
151