"Nyukasl" "MYu" darvozabonini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Nyukasl" darvozaboni Din Xendersonni qo'lga kiritish ustida ishlamoqda. The Sun nashri xabariga ko'ra, "qarg'alar" Xenderson o'rniga o'z darvozaboni Karl Darlouni taklif qilishga tayyor.
Oldinroq "Manchester Yunayted" ushbu lavozimga "Valensiya"dan Giorgiy Mamardashvili nomzodini ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi, ammo "ko'rshapalaklar" so'ragan 11 million evro miqdori mankunianliklarni cho'chitib yuborishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Xenderson avvalroq "Sheffild Yunayted"da o'ynagan. Angliyalik futbolchi ketma-ket ikki yil "Manchester Yunayted"da zaxira o'rindig'ida o'tirdi.

Bosh sahifaga
152