Morata London klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata yozgi transfer oynasida "Arsenal"ga o'tishi mumkin, deb yozadi Mirror. Futbolchining huquqlari Madridning "Atletiko" klubiga tegishli.
Manbaga ko'ra, London klubi hujumchi transferi uchun "matraschilar"ga 30 million evro taklif qilgan.
29 yoshli ispaniyalikning “Atletiko” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali esa futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda. 2021/22 yilgi mavsumda Morata "Yuventus" tarkibida 48 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
182