"Nyukasl" yangi transfer amalga oshirsa, "Milan" ham foyda ko'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Agar "Lion" o'z yarim himoyachisi Lukas Paketani "Nyukasl"ga sotishga qaror qilsa, "Milan" kelishuvdagi summaning bir foizini oladi. Calciomercato xabariga ko'ra, bunday kelishuv braziliyalik futbolchi frantsuz klubiga o'tganida "Milan" va "Lion" o'rtasidagi transfer shartnomasida ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, qishda braziliyalik futbolchi "Lion"da birga to'p tepgan sobiq jamoadoshi va hamyurti Bruno Gimaraynsh ham "Nyukasl"ga ko'chib o'tgandi. Gimaraynsh olti oy ichida 5 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirib, Eddi Xou jamoasining asosiy o'yinchilaridan biriga aylana oldi.
Joriy mavsumda Paketa “Lion” safida Liga 1da 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
162