"Yuventus" Evropa Ligasi g'olibi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Filip Kostich faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Insayder Alfredo Pedullaning xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi 29 yoshli serbiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Keksa sinora" yarim himoyachi uchun taxminan 15 million evro to'lashga tayyor.
Avvalroq, Kostichga "Tottenxem" va "Inter" klublari qiziqish bildirgan edi.
Filip "Ayntraxt" bilan birgalikda Evropa Ligasi g'olibiga aylandi va evrokuboklarning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bosh sahifaga
405