"Yuventus" Pogbaning transferi borasida "PSJ"dan qo'rqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Turinning “Yuventus” klubi rahbarlari “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning transferi bo'yicha imkon qadar tezroq kelishuvga erishmoqchi.
"Keksa sinora" "PSJ" bilan raqobatdan qo'rqib, transferni tezroq amalga oshirishga shoshilmoqda. "Yuventus" parijliklar futbolchiga yaxshiroq taklif qilishlaridan qo'rqishmoqda, deb xabar beradi Tuttosport.
Pogba yangi klubiga tekinga o'tadi, chunki uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsumda APLning 20ta o'yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va 9ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Bosh sahifaga
182