"Manchester Yunayted" La Ligadan darvozabon sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Ispaniyaning “Valensiya” va Gruziya terma jamoasi darvozaboni Georgiy Mamardashvili Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar Mamardashvilini David De Xeaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Gruziyalik darvozabonning o'zi "Valensiya"ni tark etishga shoshilmayapti, chunki u "ko'rshapalaklar" safidagi o'yinlaridan ko'ngli to'q.
O'tgan mavsumda 21 yoshli Georgiy Mamardashvili "Valensiya" tarkibida 21 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 8 tasida o'z davrozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Uning transfer narxi 5 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
180