"Real" Leau uchun 120 million evro to'lashga tayyor edi, biroq...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Hujumchi Kilian Mbappe "Real"ga rad javobini berib, sensatsion tarzda "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirgach, Madrid klubi boshqa evropalik yulduzlar uchun kurashda faol ishtirok etmoqda.
“Real” klubi “Milan”ga Rafael Leuaning transferini sotib olish taklifi bilan murojaat qildi, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport. Ispanlar 120 million evro to'lashga tayyor edi, biroq rad javobini olishdi.
"Milan"ning o'zi avvalroq futbolchi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirmoqchi ekanliklarini bildirgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi A seriyada 34 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
177