"Monako" Tchuamenining o'rniga APLdan futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

“Brayton” yarim himoyachisi Iv Bissuma faoliyatini “Monako”da davom ettirishi mumkin. Frantsiya klubi futbolchini Aurelien Tchuamenining o'rniga potentsial futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Avvalroq, Tchuameni "Real"ga o'tishga yaqin turgani xabar qilingandi, ammo Madrid klubi transferning yakuniy narxi borasida hali kelisha olmayapti.
Qolaversa, "Monako" Bissuma uchun kurashda Premer-liganing klublari bilan to'qnash kelishi mumkin. Chunki, "Aston Villa" ham bu ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Bissuma joriy mavsumda Premer-ligada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
176