"PSJ" 45 million evroli transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Frantsiyaning “Reyms” klubi hujumchisi Ugo Ekitike faoliyatini “PSJ”da davom ettirishi mumkin.
Frantsiya chempionatida joriy mavsumda 10 ta gol urgan 19 yoshli hujumchini parijliklar hujum chizig'ini kuchaytirish sifatida jiddiy baholamoqda.
Adrien Grenerning ma'lumotlariga ko'ra, "PSJ" yaqin vaqt ichida yosh iqtidor uchun 45 million evro taklif qilmoqchi. Jamoa ayni damda futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, uning uchun "Nyukasl", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Inter" va "Borussiya Dortmund" ham kurashmoqda.
Eslatib o'tamiz, qishda Ekitike "Nyukasl"ga o'tishga yaqin qolgandi, biroq transfer oynasi so'nggida kelishuv amalga oshmay qolgandi.

Bosh sahifaga
187