«Barselona» Levandovskining transferi bo'yicha «Bavariya»ga rasmiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

«Barselona» klubi «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining transferi uchun myunxenliklarga rasmiy taklif yubordi.
"Bild" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchi uchun 32 million evro taklif qilishdi, ammo "Bavariya" hali bu taklifga javob qaytarmadi.
Germaniyaliklar 40 million evrodan past narxni ko'rib chiqishmoqchi emas. Boz ustiga, "Bavariya" hozircha shoshilmoqchi emas. Jamoa dastlab Levandovskining o'rniga munosib o'rinbosarni topib olishni maqsad qilgan.

Bosh sahifaga
180