"MYu" o'z himoyasini kuchaytirish maqsadida Bundesligadan futbolchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi himoyachisi Evan N’Dika Premer-ligaga o'tishi mumkin.
Germaniya matbuotining yozishicha, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi Premer-liganing ikki vakilining qiziqish doirasiga tushib qolgan. Gap Londonning “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” jamoalari haqida ketmoqda.
Biroq, Evan britaniyaliklardan voz kechishi va kelasi mavsumda jamoa bilan Chempionlar ligasida o'ynash uchun "Ayntraxt"da qolishi mumkin. Eslatib o'tamiz, nemis klubi Evropa ligasi g'olibiga aylandi.
Bundesliganing 2021/2022 yilgi mavsumida himoyachi 32 uchrashuvda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
235