London klublari shvetsiyalik hujumchi uchun kurashni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Hozirda "Real Sosedad" jamoasida to'p surayotgan shvetsiyalik markaziy hujumchi Aleksandr Isakka Angliya Premer-ligasi klublari orasida talab katta.
Football.London xabariga ko'ra, Londonning "Tottenxem" klubi skandinaviyalik futbolchi uchun yangi klubga aylanishi mumkin. "Shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyatdan futbolchini sotib olishni so'ragan.
Shuningdek, Londonning "Arsenal" klubi Isak bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. "Kanonirlar" jamoani tark etgan Per-Emerik Obameyangning o'rniga munosib hujumchi deb hisoblashadi.
22 yoshli markaziy hujumchi "Real Sosedad" bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagan. Uning narxi 40 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
220