"Chelsi" futbolchisi "Borussiya"ga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Dortmundning "Borussiya" klubi "Chelsi" himoyachisi Yan Matsenga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi rahbariyati Matsenni Gerreyra yoki Niko Shults jamoadan ketishga qaror qilsa, ularning o'rniga futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Ayni damda 20 yoshli Matsen "Koventri Siti"da ijara asosida o'ynamoqda. Joriy mavsumda niderlandiyalik futbolchi chempionatning (Angliyaning ikkinchi eng kuchli divizioni) 39 ta uchrashuvida 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
183