"Arsenal"ning sobiq futbolchisi MLSga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi, hozirda “Sautgempton”da o'ynayotgan Teo Uolkott faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin. Chunki, futbolchi yozda jamoani tark etish niyatida.
The Sun nashrining yozishicha, Uolkott MLSga o'tishni o'ylamoqda. "Sautgempton" Teo bilan xayrlashishga qarshi emas. Forvard jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri hisoblanadi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 33 yoshli futbolchi to'qqizta o'yin o'tkazib, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.

Bosh sahifaga
217