Manba: "Liverpul" hujumchisi "Milan"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

"Liverpul" hujumchisi Divok Origi yangi mavsumni "Milan"da boshlaydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, hujumchi yiliga 3,5 million evro maosh bilan to'rt yillik shartnoma imzolagan. "Milan"ga o'tish uchun u uchta klub taklifini rad etdi: "Nyukasl", "Kristal Pelas" va "Bayer".
Origi Italiya klubiga tekinga o'tadi.
Hujumchi 2014 yilda «Lill»dan «Liverpul»ga o'tgan edi. Umuman olganda, u "mersisaydliklar" safida barcha musobaqalarda 175 ta o'yin o'tkazib, 41 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt 27 yoshli belgiyalik futbolchini 12 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
189