"Arsenal" EChLga chiqa olmasa, bu futbolchi London klubiga o'tmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus, agar klub kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa ham, "Arsenal"ga o'tmoqchi emas.
Mikel Arteta shogirdlari hozirda Premer-ligada "Tottenxem"dan ikki ochko ortda qolib, beshinchi o'rinda bormoqda. "Arsenal" so'nggi turda g'alaba qozonishi va "shporlar"ni mag'lub bo'lishiga umid qilishi kerak.
Avvalroq, "kanonirlar" hujumchi Jezusning transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq klubning Evropaning asosiy turnirida ishtirok etmasligi futbolchining transferini qiyinlashtirishi mumkin.
Biroq futbolchining agentlari Jezus London jamoasiga o'tishni istisno qilmasligini aytishdi.
Futbolchi joriy mavsumda APLda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
256