Levandovski "Bavariya" kiyinish xonasida kutilmagan ish qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Bavariya"ning markaziy hujumchisi Robert Levandovskining Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan muzokara olib borgani haqida xabar tarqaldi. Insayder Kristian Falk o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida xabar berishicha, polyak nemis klubining kiyinish xonasida "ko'k-anorranglilar" safiga o'tish bo'yicha muzokara olib borgan.
Telefon qo'ng'irog'i paytida Robert polyak tilida gaplashdi, shuning uchun yaqin atrofdagi o'yinchilar uning hamma gapiga tushuna olmadilar. Biroq, Robert Kataloniya klubi nomini tez-tez tilga olib, jamoadoshlarining e'tiborini tortgan.
Levandovski yozda "Barselona" safiga qo'shilishi mumkin. OAV xabariga ko'ra, futbolchi klub bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan.

Bosh sahifaga
247