"Napoli" himoyachiga Evropaning top-klublari kurash olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

Frantsiyaning "PSJ" va Kataloniyaning "Barselona" klublari "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali uchun kurashmoqda deya xabar bermoqda Footmercato nashri.
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi bilan Kataloniya klubiga o'tishi mumkinligi haqida gaplashib bo'lgan. Biroq o'tgan yozda muzokara olib borgan senegallik himoyachiga «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli futbolchi joriy mavsum “Napoli” safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining neapolliklar klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
185