"Yuventus" dushanba kuni Pogba bilan uchrashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati kelasi hafta boshida “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan uchrashuv o'tkazadi.
Frantsiyalik futbolchi mavsum so'ngida erkin agent sifatida «Manchester Yunayted»ni tark etadi. Turinning «Yuventus» va «PSJ» klublari bir necha oydirki uni qo'lga kiritish uchun kurash olib borishmoqda.
Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, dushanba kuni "keksa sinora" rahbarlari Pogbaning agenti bilan uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. 29 yoshli yarim himoyachining «Yuventus»ga qaytishiga xalaqit berishi mumkin bo'lgan asosiy omil - futbolchining yuqori maoshi.

Bosh sahifaga
185