"Inter"ning Dibalaga qancha maosh taklif qilayotgani ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Argentinalik hujumchi Paulo Dibalaning Turinning “Yuventus” klubidan “Inter” klubiga o'tishi kundan-kunga aniqlashib bormoqda.
Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, “neradzurrilar” futbolchiga allaqachon taklif bilan chiqishgan. "Inter" klubi Dibala bilan yillik maoshi etti million evro bo'lgan uch yillik shartnoma tuzishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, argentinalik 2015 yildan buyon "keksa sinora" sharafini himoya qilish keladi. Uning turinliklar bilan shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.
2021/2022 yilgi mavsumda Paulo A Seriyada 27 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
212