"Fiorentina" darvozaboni APL klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

"Fiorentina" darvozaboni Bartolomeo Dragovskiga "Sautgempton" qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Telegraph.
Manbaning xabariga ko'ra, "avliyolar" yozda futbolchining transferini 12 million evro evaziga amalga oshirishga tayyor.
Dragovski "Fiorentina"ga 2016 yilda Polshaning "Yagelloniya" jamoasidan 2,5 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
Joriy mavsumda 24 yoshli darvozabon "binafsharanglilar" safida barcha turnirlarda 9ta o'yin o'tkazib, 11ta gol o'tkazib yubordi va uch marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U jarohati tufayli 14 ta uchrashuvdan beri maydonga tushmayapti. Transfermarkt kiperning narxini 9 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
200