"Aston Villa" himoyachisiga A Seriya va La Ligadan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Aston Villa" himoyachisi Metti Kesh katta klublar e'tiborini tortmoqda deb xabar tarqatmoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, futbolchiga "Atalanta" va "Atletiko" da'vogarlik qilmoqda. Ikkala jamoa ham o'ng qanotni kuchaytirishni o'ylamoqda.
Kesh ham markazda, ham qanotlarda o'ynay oladigan ko'p qirrali himoyachi sanaladi.
Polshalik himoyachi "Aston Villa" jamoasiga 2020 yilda "Nottingem" klubidan 15,75 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda 24 yoshli himoyachi “Aston Villat” safida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
196