"Leyptsig" futbolchisining xaridori ko'payib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazayotgan “Leyptsig” futbolchisi Kristofer Nkunkuga transfer bozorida talab katta.
Lequipe nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli hujumkor yarim himoyachi bir vaqtning o'zida Evropa to'rtta grand klublarining transfer maqsadi hisoblanadi. Futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Barselona» va «Milan» klublari to'qnash kelishadi.
Nkunku yozda klubini o'zgartirishga tayyor va aniq takliflarni kutmoqda. Shu bilan birga, «Leyptsig» shartnomasi yana ikki yilga mo'ljallangan etakchisini sotishni istamayapti.

Bosh sahifaga
197