Ten Xag "MYu"ning yozgi transfer bozoridagi asosiy maqsadini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Germaniyaning “Shtutgart” klubi futbolchisi Borna Sosa faoliyatini APLda davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Focus.de sayti xabar bermoqda.
"Manchester Yunayted" 24 yoshli xorvatiyalik qanot himoyachisini sotib olmoqchi. “Qizil iblislar”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag bu kelishuv tashabbuskori hisoblanadi.
Bornaning "Shtutgart" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning transfer narxi 20 million evroni tashkil qiladi.
Sosa joriy mavsum Bundesligada 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
194