"PSJ" "Real"ning tayanch yarim himoyachisi uchun "hujum"ni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

"PSJ" klubi "Real" yarim himoyachisi Kazemironi qo'lga kiritish borasidagi sa'y-harakatlarini davom ettirmoqchi.
Frantsiyalik jurnalist Adrian Grenening xabar berishicha, Kazemiro Turinning “Yuventus” jamoasiga yoki APLning top-klublaridan biriga o'tishi ham istisno emas. Agar tegishli taklif tushsa, Madrid klubi braziliyalik futbolchini sotishni ko'rib chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kazemiro "Real" safiga 2013 yilning yozida braziliyaning "San-Paulu" klubidan kelib qo'shilgan edi. 2014/15 yilgi mavsumda futbolchi "Portu"ga ijaraga o'tdi, shundan so'ng "qaymoqranglilar" tarkibida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'ldi.

Bosh sahifaga
226