"Manchester Siti" "Barselona"ga Bernardu Silvaning narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

"Manchester Siti" Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirgan yarim himoyachi Bernardu Silvaning transfer narxini ma'lum qildi.
Insayder Ekrem Konurning yozishicha, “shaharliklar” portugaliyalik yarim himoyachi uchun kamida 100 million evro taklif qilinsa, uni sotishga tayyor. Shu tariqa, ingliz klubi etakchi futbolchilardan biri bilan xayrlashishni istamasligini ma'lum qilgan.
Bernardu 2017 yildan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilib keladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati 2025 yilgacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
189