"Real" nima uchun Xolandni sotib olishdan bosh tortgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Madridning “Real” klubi Erling Xolandni sotib olishdan bosh tortishi sabablari ma'lum qilindi.
Madridliklar "Borussiya" hujumchisini qo'lga kiritishdan manfaatdor edi, ammo yakunda kurashda "Manchester Siti" g'olib chiqdi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, norvegiyalik futbolchining o'tgan oyda vafot etgan agenti Mino Rayola "Qirollik klubi" bilan kelishuvda ikkinchi mavsumdan kuchga kiradigan 150 million evrolik tovon puli qo'shilishini xohlagan.
Bu shart "Real" prezidenti Florentino Peresga yoqmagan, shu bois Rayolaning taklifi rad etilgandi.
"Manchester Siti" esa "Borussiya"ga 75 million evro to'laydi. Chunki, bu summa futbolchining dortmundliklar bilan shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Bosh sahifaga
189