"Lester" etakchisi xizmatlariga London klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans yozda "King Pauer" egalari safini tark etadi. Yosh va istiqbolli belgiyalik futbolchining xizmatlariga Evropaning uchta top-klubi qiziqish bildirmoqda. Ushbu jamoalar orasida Londonning “Arsenal” klubi favorit hisoblanadi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Tilemansning nomzodi yanvar oyidan beri "Arsenal"da keng muhokama qilinmoqda. Bosh murabbiy Mikel Arteta belgiyalik orqali yarim himoyani chizig'ini kuchaytirmoqchi.
“Lester” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadigan belgiyalik futbolchi keyingi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga o'tmoqchi.

Bosh sahifaga
188