"Arsenal" va "Manchester Siti" "PSJ" vunderkindiga xaridor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

"Arsenal" va "Manchester Siti" "PSJ"ning 16 yoshli himoyachisi El-Shaday Bitshiabu uchun kurashga qo'shildi, deb xabar beradi Telefoot jurnalisti Julen Minard.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar rahbariyati o'z futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq, yosh frantsiyalik futbolchiga "Bavariya" va "Zaltsburg" klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Bitshiabu "PSJ" asosiy jamoasida uchta o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
189