"Milan" "Real" futbolchisiga ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Real" vingeri Marko Asensioga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Milan" futbolchi bilan yozgi transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. O'z navbatida "Real" Markoga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda va yaqinda o'z taklifini yaxshilagan.
Futbolchi yiliga etti million evro olmoqchi, ammo «Milan» bonuslar bilan faqat besh million evro taklif qila oladi. Biroq “qizil-qoralar” rahbariyati ehtimoliy transferni ijobiy baholamoqda.
Asensio "Real"ga 2015 yilda "Malorka"dan 3,9 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
191