Suares Evropada qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares yana bir mavsumni Evropa qit'asida o'tkazish niyatida.
Biroq, jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, urugvaylik futbolchi “matraschilar” bilan ushbu mavsum oxirida yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
Avvalroq, Suares MLSga o'tish bilan bir necha bor bog'langan, biroq manbaga ko'ra, futbolchi yana bir mavsum Evropada qolish niyatida. Kuni kecha urugvaylik futbolchi kataloniyaning "Barselona" klubiga qaytishni xohlayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
35 yoshli Suares Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
183