"Chelsi" futbolchisi yozda Londonga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Insayderi Nizar Kinsellaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, Frantsiyaning “Lion” klubi mavsum yakunida Londonning “Chelsi” klubidan ijaraga olingan chap qanot himoyachisi Emerson Palmerini sotib ololmaydi.
Qayd etilishicha, “Lion”da braziliyalik himoyachini sotib olish uchun etarli mablag' yo'q. Qishda "Chelsi" frantsuz klubiga ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun tovon puli miqdorini taklif qilgan, biroq frantsuz klubi 4 million evroga rozi bo'lishmadi.
Eslatib o'tamiz, Italiya matbuotining xabariga ko'ra, Emerson Turin "Yuventus" klubining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biriga aylanishi mumkin.

Bosh sahifaga
195