"Roma" Dzanologa narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Roma" hujumkor yarim himoyachi Nikolo Dzanolo uchun narx belgiladi.
22 yoshli italiyalik futbolchiga Turinning “Yuventus” klubi va Angliya premer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Rimliklar muhim o'yinchini qo'yib yuborishni istamayapti, ammo Tuttosport nashrining yozishiga qaraganda, 50 million evrolik taklif "Roma"ni yozda Dzanolo bilan xayrlashishga majbur qilish uchun etarli bo'ladi.
Nikolo Dzanolo joriy A Seriyada 26 ta o'yin o'tkazib, 2 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan. Uning chempionatda 4 ta golli uzatmasi ham bor. Konferentsiya ligasida italiyalik futbolchi 8 uchrashuvda raqiblar darvozasiga 4 marta gol kiritdi.

Bosh sahifaga
176