"Inter" Lautaro o'rniga Frantsiya chempionatidan nomzod topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Reyms" hujumchisi Ugo Ekitike yozda "Inter"ga o'tishi mumkin. Calcio Mercato xabarlariga ko'ra, frantsiyalik hujumchi navbatdagi transfer oynasi oldidan "neradzurrilar"ning safiga o'tishi mumkin.
Lautaro Martinesning ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inobatga olgan holda, "Inter" yangi hujumchi sotib olish haqida o'ylashi mumkin. Ma'qul variantlardan biri bu faqat Ekitike hisoblanib, u joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 9 ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, qishda 19 yoshli Ekitike Angliyaning "Nyukasl" klubiga o'tishga yaqin qolgandi. Futbolchi transferni yakunlash uchun Buyuk Britaniyaga uchib ketishga tayyor edi, biroq so'nggi lahzada kelishuv barbod bo'ldi.

Bosh sahifaga
183