Konte bu ma'lumotni yana bir bor tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Londonning "Tottenxem" klubi hozirda Turinning "Yuventus" klubida ijara asosida o'ynayotgan yarim himoyachi Deyan Kulushevskini to'liq sotib olish ustida ishlamoqda.
"Liverpul" bilan o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte klub Kulushevski transferini doimiy ravishda sotib olishni rejalashtirayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Deyanning ijara shartnomasi bir yarim yilga mo'ljallangan. Ayrim manbalarga ko'ra, shvetsiyalik yarim himoyachini sotib olish summasi 40 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
182