«Barselona» futbolchisiga Frantsiyaning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Frantsiyalik himoyachi Samuel Umtiti yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin. U jamoaga keraksiz futbolchi va uzoq vaqtdan beri tarkibga kiritilmayapti. Dembeledan farqli o'laroq, Xavi Ernandes Umtiti muammosini hal qila olmadi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, Umtiti Liga—1ga qaytishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, uning xizmatlariga birdaniga uchta klub qiziqish bildirmoqda. Biroq bular Frantsiya chempionatining gigantlari emas – «Nitstsa», «Monpele» va «Renn». Umtitida shuningdek, Turkiyaning «Beshiktosh» va Italiya A seriyasining nomi oshkor etilmagan klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Bosh sahifaga
166